AQSh Davlat kotibi Marko Rubio NBC kanalida aytishicha, sanksiyalar tufayli rossiyalik delegasiya AQShga ko‘p miqdorda naqd pul olib uchishiga majbur bo‘lgan.
«Ruslar Alyaskaga qo‘nganda samolyotni yonilg‘i bilan to‘ldirish uchun naqd pul bilan to‘lashlari kerak bo‘ldi, chunki ular bizdagi bank tizimidan foydalanolmaydi. Ular har kuni sanksiyalarning oqibatlarini hisobga olishi kerak», — dedi Rubio.
📌 Putinning samolyoti 152 620 litr yonilg‘i sig‘imiga ega. Xalqaro havo transporti assosasiyasi (IATA) Jet Fuel Price Monitor ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda aviasiya yonilg‘i narxi bir gallon (taxminan 3,8 litr) uchun taxminan 2,10 dollarni tashkil qilgan. Demak, bitta samolyot uchun Rossiya taxminan 85 000 dollar to‘lashi mumkin.
Savolga javoban, nima uchun AQSh prezidenti Donald Tramp hali Vladimir Putinni «jazolamadi», deb so‘ralganda, Rubio shunday javob berdi:
«U lavozimga kirgan kunidagi barcha sanksiyalar kuchda qoladi. Va bu sanksiyalarning oqibatlari ham davom etmoqda».
Shu bilan birga, Ankoridjdagi bu holat misolida Rubio ta’kidladiki, uning fikricha, sanksiyalar Ukraina urushining oqimini o‘zgartirmaydi. U qo‘shimcha qildi:
«Bu sanksiyalar samarasiz degani emas — bu ular urush natijasiga ta’sir qilmaganini anglatadi».
📌 AQSh prezidenti Tramp Putin tinchlik kelishuviga rozi bo‘lmasa, yangi sanksiyalar kiritilishini ko‘p marotaba tahdid qilgan, ammo hozircha bu faqat tahdid bo‘lib qolmoqda.