"Ular bizga qarshi sanksiya qo‘llamoqchimi? Biz doimo ularning ta’siri ostidamiz... Biz tinchlik maqsadidagi yadro dasturimizdan hech qachon voz kechmaymiz va ular nima qilishidan qat’i nazar, bu ahamiyatsiz. Biz taslim bo‘lmaymiz," - deya Eron prezidentining so‘zlarini "Press-TV" telekanali keltiradi.
U Eronning Yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasi ishtirokchisi ekanligini, yadro texnologiyalaridan tinch maqsadlarda foydalanish va tegishli tadqiqotlar o‘tkazish, jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot ehtiyojlari uchun ishlatish huquqiga ega ekanligini eslatdi. Pezeshkianning ta’kidlashicha, Erondagi diniy e’tiqodlar ularga yadro qurolini yaratish bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘ymaydi.
Pezeshkian, shuningdek, agar Eron Fors ko‘rfazi orqali energiya yetkazib berishni to‘xtatsa, G‘arb mamlakatlarini falajlantirishi mumkinligini taxmin qildi.