Moldova prezidenti Mayya Sanduning fikricha, Ukraina Rossiya bilan urushda g‘alaba qozonganidan keyin Transnistriadagi mojaroni hal qilish uchun geosiyosiy imkoniyat paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda u RadioMoldovaga bergan izohida aytib o‘tdi.
Sanduning so‘zlariga ko‘ra, ularning mamlakati Ukraina armiyasi tufayli tinch-totuvlikda yashamoqda, bundan tashqari, Moldova o‘z navbatida “uning urushga tortilishining oldini olish, jamiyatda tartib va tinchlikni saqlash” uchun hamma narsani qilgan.
“Biz Transnistria mojarosini hal qilishdan manfaatdormiz va yana bir bor takror aytamanki, biz ko‘rayotgan yechimlar faqat tinch yo‘ldir va, ehtimol, Ukraina bu urushda g‘alaba qozonib, o‘z hududlarini qaytarib olganida, bizga geosiyosiy imkoniyat paydo bo‘ladi", dedi Sandu.