Hozir Aktauda bo‘lgan Bosh vazir o‘rinbosari Kanat Bozumbayev yo‘lovchi samolyoti halokati tafsilotlarini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, hozirda 38 ta o‘lim holati ma’lum.
"Vaziyat unchalik yaxshi emas, 38 kishining jasadlari aniqlandi, 29 nafari, jumladan, ikki bola jarohatlangan, ularning 11 nafari barqaror, qolganlari esa o‘rtacha og‘irlikda”, — dedi Bozumbayev Aktauda Ozarbayjon delegasiyasi vakillari bilan uchrashuvda.
Uning aniqlik kiritishicha, halok bo‘lganlarning jasadlarini aniqlash uchun tegishli ekspertiza tayinlanadi.
Bozumbayev Ozarbayjon delegasiyasi vakillarini jabrlanganlarni davolash uchun barcha zarur dori-darmonlar mavjudligi, Ostonadan eng yaxshi shifokorlar bilan qo‘shimcha reys jo‘natilishiga ishontirdi.
Bosh vazir o‘rinbosari omon qolganlar orasida Qozog‘iston fuqarolari yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
"Shaxsi aniqlanmagan bir ayol bor, u kasalxonada hushsiz yotibdi, qolgan 29 kishi orasida hech qanday hujjat yo‘q", - deydi Kanat Bozumbayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa yuzasidan tergov ishlari Qozog‘iston Bosh prokuraturasi, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi va aviasiya idoralari nazorati ostida olib borilmoqda.
“Hodisa bizning hududimizda sodir bo‘lgan, tergov ishlari Bosh prokuratura nazorati ostida, tergov ishlarini Ichki ishlar vazirligi ham olib bormoqda, ozarbayjonlik hamkasblarimiz ham voqea joyida, ular ham ishtirok etadi. – deya xulosa qildi Bosh vazir o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, 25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga uchayotgan Ozarbayjonning Azerbaijan Arilines kompaniyasining Embraer samolyoti Qozog‘istonning Aktau shahri yaqinida halokatga uchragan edi. Samolyot bortida 67 kishi bo‘lgan, ulardan 42 nafari Ozarbayjon, 16 nafari Rossiya, 6 nafari Qozog‘iston va 3 nafari Qirg‘iziston fuqarolari.