Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

SamDU dekani talabani imtihonga kiritish uchun 500 AQSh dollar olgan vaqtida ushlandi

SamDU dekani talabani imtihonga kiritish uchun  500 AQSh dollar olgan vaqtida ushlandi

Samarqand viloyati. Samarqand viloyati IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda 2021 yilning 30 mart kuni soat 16:00da Samarqand shahar Pedagogika kolleji binosining kirish qismida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimida ishlovchi 35 yoshli Sherzod P., o‘zining xizmat vazifasidan foydalanib, ushbu fakultetning 1-bosqich talabasi Shahnoza I.,ni psixologiya fanidan oraliq nazorati imtihonini ijobiy hal qilishi va uni yakuniy imtihonga kiritishi evaziga 500 AQSh dollar pullarni tadbir ishtirokchisi B.B.,dan olgan vaqtida ushlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

SamDU dekani talabani imtihonga kiritish uchun  500 AQSh dollar olgan vaqtida ushlandi

SamDU dekani talabani imtihonga kiritish uchun  500 AQSh dollar olgan vaqtida ushlandi

Tezkor tadbir davomida, Sherzod P., dan 500 AQSh dollar pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sherzod P.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Firibgarlik, ya’ni xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Kiritildi: 13:25 01.04.2021. O'qildi: 2680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!