Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandning eng yirik tumani «qizil» toifaga kirdi. Viloyatda nazorat kuchaytirilgan

Samarqandning eng yirik tumani «qizil» toifaga kirdi. Viloyatda nazorat kuchaytirilgan

Samarqand viloyatining eng yirik tumani Urgut ham «qizil» toifaga kiritilgan. Samarqand viloyat IIB axborot xizmati ushbu tumanda kuchaytirilgan reyd tabdirlari o‘tkazilgani haqida video e’lon qildi va unda tuman «qizil» toifada ekani aytilgan. Bu haqda "Kun" nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, 500 mingdan oshiq kishi istiqomat qiladigan  Urgut tumanida 24 may kuni odamlar to‘planishining oldini olish maqsadida barcha oziq-ovqat do‘konlari ham yopildi. 25 may kunidan oziq-ovqat do‘konlari faoliyatiga ruxsat berilgan. Tuman markazida va qishloqlar orasida blokpostlar tashkil etilib, har bir mashina tekshirilmoqda hamda dezinfeksiya qilinmoqda.

Oldinroq Samarqand viloyatining Payariq tumaniga, shuningdek, Past Darg‘om tumani markazi Juma shahriga kirish va chiqish cheklangandi. Odamlar orasidan koronavirus yuqtirganlar aniqlangani sabab viloyatda karantin cheklovlari kuchaytirilgan. Ayniqsa Samarqand shahri, Toyloq, Oqdaryo, Payariq, Past Darg‘om va endilikda Urgut tumanlarida nazorat kuchaygan. Ko‘chalar, karantindagi uylar atrofi doimiy dezinfeksiya qilinmoqda. Karantinga olingan uylarning oldida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilgan. Samarqand shahrida 25ta mobil reyd guruhlari ishlamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda har qanday avtomobil harakati cheklangani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi, ammo viloyatda stiker va maxsus ruxsatnomasi bor mashinalar harakati davom ettirilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, har bir mashina nazorat qilinib, «qizil» toifadagi hududlarda ular dezinfeksiya qilinmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyatida 338 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 247 nafari tuzalgan va bir kishi virus sabab vafot etgan. Samarqand viloyati Toshkent shahri hamda Navoiy viloyati qatorida kasallik eng ko‘p aniqlanayotgan hududlardan bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 12:58 26.05.2020. O'qildi: 5811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!