Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandlik ayol 60 ming so‘mga fohishaxona tashkil qildi, oqibatda...

Samarqandlik ayol 60 ming so‘mga fohishaxona tashkil qildi, oqibatda...

Samarqand shahar Kimyogarlar qo‘rg‘oni 29-dahasi Shukrona MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida ijarada yashovchi T.H. ismli ayol fohishaxona tashkil qilgan.

2018 yilning 25 noyabr kuni soat taxminan 23:30 atrofida Tamara Hamrayeva 60 ming so‘m pul evaziga tadbirga jalb qilingan Shahzod ismli shaxsga jinsiy aloqa qilishi uchun yashash uyidan alohida xona ajratib, sharoit yaratib bergan.

Samarqand shahri IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida T.H. jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib bergani uchun 60 ming so‘m pul olganligi xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Daryo muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining Shukrona mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida T.H.ning jinoyat ishi atroflicha o‘rganilib, sudya G‘ayrat Negmatov sud hukmini e’lon qilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, T.H. O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona tashkil etish yoki saqlash) bilan aybdor deb topilib, 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 12:55 07.02.2019. O'qildi: 4402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!