Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda yuqori bosimli magistral gaz quvurida yong‘in kelib chiqdi

Samarqandda yuqori bosimli magistral gaz quvurida yong‘in kelib chiqdi

Samarqand viloyatining Narpay tumani hududidan o‘tgan va 1959 yilda ishga tushirilgan, «Zirabuloq» magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli «Jarqoq – Buxoro – Samarqand – Toshkent» magistral gaz quvurida yong‘in kelib chiqdi.

KUN.UZ muxbirlari M41 yo‘lidan o‘tayotgan chog‘da avvaliga diametri 720 mm ekanligi aytiladigan gaz quvuridan kuchli ovozda gaz sizib chiqayotganiga guvoh bo‘lishgan. Keyin yong‘in ro‘y bergan.

Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan, ushbu birinchi toifali magistral gaz quvurining muhofaza zonasi gaz quvuri o‘qidan har ikki tarafga 200 metr etib belgilangan.

Hozircha quvurdagi yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Mas’ullar ham bu borada bayonot berishganicha yo‘q.

Kiritildi: 19:40 02.02.2020. O'qildi: 3447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!