Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda o‘ta xavfli jinoyatchi deb topilib, 10 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan ayol ozodlikka chiqarildi

Samarqandda o‘ta xavfli jinoyatchi deb topilib, 10 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan ayol ozodlikka chiqarildi

Urgutlik Xosiyatga (ismlar o‘zgartirilgan) sudning hukmi bilan hukmlar majmui bo‘yicha uzil-kesil 10 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, o‘ta xavfli residivisit deb topilgan va jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

U 2011 yil 23 may kuni ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan giyohvandlik vositasini sotib olish tezkor tadbiri davomida qo‘lga olingan.

Chunki Xosiyat tadbirda xaridor sifatida jalb qilingan Anvar, Xalima va Jasminalarga ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasi sotishini bildirib, ular bilan geroin giyohvandlik vositasining bir grammini 60 000 so‘mdan va opiy giyohvandlik vositasining bir grammini 8 000 so‘mdan kelishgan. Shu kuni Sanjardan tezkor tadbirda sarf qilish uchun berilgan 1 million 200 ming so‘mni olib, 10 gramm geroin va 100 gramm opiy giyohvandlik vositalarini olib kelib berishini va’da qiladi.

U jinoiy maqsadini amalga oshirish uchun giyohvandlik vositasini sotib o‘tkazishligi to‘g‘risida o‘zining hamkishlog‘i bo‘lgan tanishi, jinoyat ishi alohida ish yurituvga ajratilgan shaxsga aytib, yuqorida qayd qilingan giyohvandlik vositasini topib berishni so‘raydi hamda 900 ming so‘mga savdolashadi va unga pulni beradi.

Bundan tashqari, Xosiyat ko‘zlagan jinoiy rejasini davom ettirish va ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasini sotib o‘tkazish hamda moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida 2011 yil 24 may kuni ertalab o‘zining yashash uyi oldida o‘zaro kelishuvga asosan hamqishlog‘i, jinoyat ishi alohida ish yurituvga ajratilgan shaxsdan 9,05 gramm ko‘p miqdordagi geroin giyohvandlik vositasi va 86,83 gramm ko‘p miqdordagi opiy giyohvandlik vositasini olgan.

Shundan so‘ng u giyohvand vositalarni Samarqand shahrida joylashgan kiyim-kechak bozori oldiga qonunga xilof ravishda tashib kelib, viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor tadbirda xaridor sifatida jalb qilingan Xalima va Jasminalarga sotgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ushlangan.

Xosiyat shikoyatida aybiga to‘liq iqrorligi va qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, jazoni o‘tash davomida o‘ziga tegishli xulosa chiqarganligi, ayolligini, oilaviy sharoitini, oilasida yagona boquvchi ekanligini inobatga olib, tayinlangan jazoni yengillashtirishni so‘ragan.

O.Hayitov raisligida jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat kassasiya instansiyasi sudlov hay’ati ajrim chiqarishda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining kafolat xati berilganligini e’tiborga olib, hukmlar majmui bo‘yicha uzil-kesil jazo tayinlab, o‘talgan jazo muddati bilan chegaralanishni lozim deb topdi.

Ya’ni, Xosiyat tayinlangan jazo muddatini o‘tab bo‘lgan, deb hisoblandi va jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilindi.

Otabek QODIROV,

jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudining sudya katta yordamchisi.

Kiritildi: 17:29 07.11.2019. O'qildi: 4061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!