Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Samarqandda tabiatga 137 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

A A A
Samarqandda tabiatga 137 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Samarqand viloyati Jomboy tumani hududidan oqib o‘tadigan “Oqdaryo” daryosining muhofaza etiladigan hududida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida daryo hududida “M.T.” fermer xo‘jaligi vakillari tomonidan ekskavator va yuk mashinalari vositasida hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi qazib olingani aniqlandi.

Natijada “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuning 18-moddasi hamda “Er osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonuning 35-moddasi talablari buzilgan. Tabiatga 137 milliard 472 million 370 ming 649 so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan ekskavator va ikkita yuk tashuvchi transport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi. Shuningdek, to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.

Kiritildi: 14:58 14.05.2025. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!