Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda sobiq o‘qituvchining 15 kishi tomonidan urib o‘ldirilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

Samarqandda sobiq o‘qituvchining 15 kishi tomonidan urib o‘ldirilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

23 noyabr kuni Samarqand shahridagi 42-maktabda tarix fanidan dars bergan o‘qituvchi I.M.ni 15 kishi kaltaklagani hamda o‘qituvchi olgan tan jarohatlari natijasida hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berilgan edi. «Daryo» muxbiri holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazdi.

Samarqand shahridagi «Hayotobod» mahallasida yashab kelgan 1991 yilda tug‘ilgan I.M. va uning do‘sti 20 noyabr kuni Samarqand shahridagi mikrorayon hududida joylashgan kafega borgan. U yerda 7 nafar notanish kishi bilan o‘zaro kelisholmay qolgan. Natijada ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Janjalni huquq tartibot organlari xodimlari bartaraf etgan. Janjal joyiga kelgan PPX xodimlari I.M va uning do‘sti hamda yana ikki nafar janjallashgan fuqaroni olib ketgan.

«Yuzaga kelgan janjalni PPX xodimlari bartaraf etib, ularni olib ketgan. Ular I.M va uning do‘stini Samarqand shahridagi choy fabrikasi oldidagi bekatda qoldirgan. U yerda ularni 10 nafarga yaqin kishi kutib turgan. Tortishib qolgan 7 kishi shu zahoti yetib kelgan. O‘sha bekatda kafeda tortishib qolgan yigitlar va uning tanishlari I.M. va uning do‘stini kaltaklagan», — deydi I.M.ning yaqinlaridan biri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, I.M.ning orqasidan bir kishi kelib uni ko‘tarib urishi natijasida orqa miyasi bilan yerga urilgan. I.M. bir soatdan ortiq vaqt davomida ko‘chada qolib ketgan. Marhum I.M. yaqindagina o‘qituvchilikni tashlab, Samarqand shahridagi «Marmar» bozorida somsa pishirib sotishni boshlagan edi.

I.M. va uning o‘rtog‘ini kaltaklangan holati aks etgan video mazkur ko‘chadagi kuzatuv kameralarida, shuningdek, shu hududda joylashgan Samarqand shahri 5-son IIO FMBning kuzatuv kamerasida yozib qolingan.

Kiritildi: 13:38 27.11.2019. O'qildi: 2858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!