“Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisining tegishli topshirig‘i bilan respublikaning barcha hududlarida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan gaz ta’minotidagi noqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan tezkor nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
“Hududgaz Samarqand” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “Toyloqtumangaz” GTB, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, O‘zenergoinspeksiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida o‘tkazilgan reyd jarayonida Samarqand viloyati Toyloq tumani “Qo‘rg‘oncha” MFYda joylashgan “S. SH.” oilaviy korxonasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, korxona (novvoyxona) egalari yashirin yo‘l bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy foydalanib kelgan. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmi qayta hisob kitob qilindi va yetkazilgan zarar 1,329 milliard so‘m miqdorida hisoblandi.
Barcha daliliy ashyo va hujjatlar huquq-tartibot organlariga topshirildi.