O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1851-moddasi hamda Jinoyat kodeksining 2501-moddasida pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik va jazo choralari belgilanib, unda pirotexnika buyumlarining qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, mamlakatimizga olib kirish, tashish, saqlash va sotish ta’qiqlangan.
Shunga qaramasdan, hamon ayrim shaxslar qonunga zid ravishda pirotexnika vositalari savdosi bilan shug‘ullanishga urinmoqda.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi tezkor guruhi xodimlari hamkorligida Samarqand shahrida o‘tkazilgan tadbirda N.S.ning shunday harakatiga chek qo‘yildi. Bu fuqaro jami 6 dona, o‘n to‘qqiz zalpli Noviy vek nomli, og‘irligi 5 kg. 375 grammni tashkil etuvchi pirotexnika vositasini 3 mln. 600 ming so‘mga sotayotgan paytda to‘xtatib qolindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Agar sizda pirotexnika vositalari savdosi bilan qonunga zid ravishda shug‘ullanayotgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lsa, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining Ishonch telefoni (66-233-63-00) ga qo‘ng‘iroq qiling!
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
axborot xizmati.