Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandda mast holdagi ikki kishi sigaret va nos bermagan IIB tezkor xodimini kaltaklashdi

Samarqandda mast holdagi ikki kishi sigaret va nos bermagan IIB tezkor xodimini kaltaklashdi

Voqea Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan.

“7news.uz”ning ishonchli vakili xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan ayblanuvchilar Maxmudov Shaxruz Zafarovich va Ergashev Zafarjon Xamdullo o‘g‘liga nisbatan 1-1404-1901/107-sonli jinoyat ishi ochilgan.

SH.Maxmudov va Z.Ergashev bir guruh bo‘lib, spirtli ichimlik iste’mol qilib mast holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Kattaqo‘rg‘on tumani, “M.Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan namunali uylar oldida X.Shirinov(IIB tezkor xodimi)ni ularga chekish uchun sigaret va nos bermaganligini bahona qilib urib-do‘pposlab, “engil sog‘liqni buzilishiga sabab bo‘lgan tan jarohati” yetkazishgan.

Shu mahallada yashovchi aholining harakati sabab X.Shirinov bezorilaroning kaltaklaridan saqlab qolingan.

Voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Kiritildi: 11:31 15.10.2019. O'qildi: 2521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!