Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda Milliy gvardiyaning Samarqand shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar O.U. va SH.A.lar o‘zaro til biriktirib, fuqaro B.A.ga 420 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 10,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:05 13.06.2022. O'qildi: 2049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!