Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandda issiqxona qurish uchun ajratilgan 1,7 mlrd so‘m kredit mablag‘i talon-toroj qilindi

Samarqandda issiqxona qurish uchun ajratilgan 1,7 mlrd so‘m kredit mablag‘i talon-toroj qilindi

Samarqand viloyatida issiqxona qurish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini o‘zlashtirish holati aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “K.B.” MCHJ mas’ul shaxslari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan issiqxona qurilishini to‘liq amalga oshirmasdan, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali 1,7 milliard so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda xususiy bog‘cha qurish uchun ajratilgan 356 mln so‘m kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Toshkent viloyatida fermer xo‘jaligi 3,1 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini o‘zlashtirgani ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: 12:11 17.04.2024. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!