Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda hamshira do‘pposlandi. Mutasaddilar video yuzasidan ma’lumot berdi

Samarqandda hamshira do‘pposlandi. Mutasaddilar video yuzasidan ma’lumot berdi

Samarqand viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hamshira ayolni urib sudrashgani aks etgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, tasvirdagi holat 2021 yil 5 fevral kuni Pastdarg‘om tumanida sodir bo‘lgan.

Kelishmovchilik tumanning “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro, X.D. hamda uning “A.Navoiy” MFYdagi uyida ijarada yashab kelayotgan, 1983 yilda tug‘ilgan, B.S.lar o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Fuqaro X. ushbu uyni boshqa bir kishiga sotayotganligi sababli ijarachidan uyidan chiqishini so‘ragan. B. esa ushbu xonadonning ijara pulini mart oyiga qadar to‘lab qo‘yganligini, shu sababli uydan chiqmasligini aytgan.

Oqibatda janjal yuzaga kelgan. Natijada fuqaro B. tan jarohatlari bilan Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan va qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudiga taqdim etilgan.

Kiritildi: 20:11 28.02.2021. O'qildi: 3783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!