Samarqand viloyatida ikki ayolni o‘ldirishda ayblangan erkakka hukm o‘qildi.
Oliy sudning Telegram-kanalida ma’lum qilinishicha, 18 iyul kuni soat 23:00 da Pastdarg‘om tumani Chandir qishlog‘ida yashovchi fuqaro spirtli ichimlik va giyohvandlik holatida turmush o‘rtog‘ining ota-onasining uyiga kelgan. Mahkumning so‘zlariga ko‘ra, u xotini bilan yarashishni rejalashtirgan.
Erkak janjal chiqqach, xotini va qaynonasini urib o‘ldirgan. Bundan tashqari, u xotinining kenja ukasini kaltaklagan.
Erkak aybdor deb topilib, 24,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.