Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandda erining ustiga 1,5 litr benzin sepib, yoqib yuborgan ayol qamaldi

Samarqandda erining ustiga 1,5 litr benzin sepib, yoqib yuborgan ayol qamaldi

Samarqandda mast holatda bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining qo‘l-oyoqlarini arqon bilan bog‘lab, ustiga benzin sepib, tiriklayin yoqib yuborgan 32 yoshli ayolga sud hukmi o‘qildi.

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, marhum va qotillikda ayblangan ayol o‘rtasida tez-tez oilaviy janjal sodir bo‘lib turgan. Sudlanuvchi ayolning ma’lum qilishicha, marhum oxirgi paytlarda uyga pul olib kelmay qo‘ygan va ayolini boshqa erkaklar bilan gaplashayotganlikda ayblagan.

Voqea sodir bo‘lgan kuni eri ayolini bir shapaloq urgani uchun ayol bolasini olib chiqib ketib, uyga spirtli ichimlik bilan qaytgan. Mastlikda shapaloq zarbidan g‘azablangan ayol erining qo‘l-oyoqlarini bog‘lab, tanishiga benzin buyurtma qilgan.

Ayol uyda shirakayf holatda uxlayotgan erining ustiga benzin sepib yoqib yuborgan.

Sud hukmiga ko‘ra, ayol JKning 97-moddasi 2-qismi "v,d,j" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga JKning 57-moddasini qo‘llab 12 muddatga ozodlikdan mahrum qilish tayinlandi va jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Kiritildi: 14:10 24.04.2024. O'qildi: 788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!