Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Samarqandda bezorilik qilgan 8 nafar shaxs qamoqqa olindi

A A A
Samarqandda bezorilik qilgan 8 nafar shaxs qamoqqa olindi

Joriy yilning 28 iyul kuni Urgut tumani “Pastki Qayroqli” mahallasida yashovchi M.M., “Damas” rusumli avtomashinasida o‘zining tanishlari bilan, “Kamangaron” mahallasiga yashovchi tanishi T.A. ni yashash uyidan olib, “Urgut istirohat bog‘i”ga aylanish maqsadida ketayotgan vaqtida, shu mahallada yashovchi bir necha fuqarolar ularni ko‘rib qolib, avtomashinasini qisib to‘xtatib, ularni sababsiz urib, tan jarohatlari yetkazgan.

Tuman IIB navbatchilik qismiga kelib tushan xabarga asosan, voqea joyiga IIB xodimlari zudlik bilan yetib borib, fuqarolarni tinchlantirayotgan vaqtida, bir guruh fuqarolar IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatishgan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.

Kiritildi: 15:46 19.08.2021. O'qildi: 2102 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!