Bugun 28 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Samarqandda ayol ikki nafar farzandi va o‘zini suvga tashladi. Barchasi vafot etgan

A A A
Samarqandda ayol ikki nafar farzandi va o‘zini suvga tashladi. Barchasi vafot etgan

Urgut tumanida yashovchi fuqaro N.Mamatov 15.04.2024 yilda Samarqand viloyati IIB navbatchilik qismining 102 raqamiga murojaat qilib, unda Samarqand shahri, “Vatanparvar” mahallasi, “Spirina” ko‘chasi, 6-uy, 6-xonadonda yashovchi kelini I.Yazdonova ikki nafar farzandi bilan 15.04.2024 yil soat 15:00larda uyidan noma’lum tomonga chiqib ketganligini ma’lum qilgan.

2024 yil 16 aprel kuni soat 08:00larda “Darg‘om” kanalining Toyloq tumani, “G‘o‘lba” MFY xududidan oqib o‘tuvchi qismidan voyaga yetmagan A.Narzullayeva, M.Narzullayev va ona I.Yazdonovaning murdasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman prokuraturasi tomonidan 16.04.2024 yilda JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 14:42 18.04.2024. O'qildi: 2054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!