2 iyun kuni Samarqand viloyati karate federasiyasida O‘zbekiston karate milliy federasiya rahbariyati, viloyat federasiyasi mutasaddilari, murabbiylari va sportchilari ishtirokida konferensiya o‘tkazildi, deb yozadi MOQ matbuot xizmati.
Konferensiyada viloyatdagi 14 ta tumanda umuman karate seksiyalari faoliyat ko‘rsatmasligi, butun boshli Samarqand viloyatida karate sportining nufuzi tushib borayotganligi, viloyat federasiyasining moddiy texnik bazasi mavjud emasligi, federasiya tasarrufida hattoki bir dona tatami ham yo‘qligi ma’lum qilindi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda O‘zbekiston karate milliy federasiyasi rahbariyati qisqa vaqt ichida islohotlarni amalga oshirish, ish tizimini tubdan yaxshilash maqsadida Samarqand viloyat federasiyasi rahbarligiga Ravshan Jalilov saylandi. Sohib Sheraliyev esa viloyat federasiyasiga vise-prezident bo‘ldi.
Yangi rahbariyatga 1 oy muddat ichida viloyat karate federasiyasini ushbu achinarli holatdan olib chiqish, yangi ish rejasini taqdim etish, ish tizimini isloh qilish kabi muhim vazifalar yuklatild, deyiladi xabarda.