Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Samarqand Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi

A A A
Samarqand Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi

Ko‘hna va navqiron Samarqand yana bir muhim maqomga munosib ko‘rildi.

So‘nggi yillarda jahon hamjamiyati ta’lim, ilm-fan va madaniyat taraqqiyot garovi ekanligini yanada teranroq angladi va asosiy e’tiborni ana shu uch jihatga qaratyapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

25- sentyabr kuni Qatar davlatida o‘z ishini boshlagan XXII Islom dunyosi madaniyat vazirlarining «Islom olamida madaniy tadbirlarning yangilanishi tomon» mavzusidagi 12-konferensiyasida ishtirok etyapmiz.

Konferensiya kun tartibida dunyo madaniy siyosatining yetakchi tamoyillari va barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlari, islom olamida insoniyatning barhayot boyliklari va an’anaviy bilimlarini qadrlash, madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishga oid qator masalalar muhokama qilindi.
Eng muhimi, konferensiya doirasida 2025 yil Samarqand Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi. Bu maqom bizga yana bir karra dunyoga madaniy merosimizni namoyon etish imkonini taqdim etadi.

Kiritildi: 20:45 27.09.2023. O'qildi: 1960 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!