Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 11 may kuni Toshko‘prik mahallasida yashovchi uy bekasi G.S. IIBga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni soat 12.30larda 3 nafar noma’lum ayollar G.S.ning uyiga kelib, ulardan 2 nafari uni ushlab turganligi, 1 nafari uyiga kirib, u yerdan 200 AQSh dollari, 280 ming so‘m puli, 3 turdagi matosi, 1 dona pichog‘i, 3 dona sochiqlari, 1 dona Samsung telefon apparati va quvvat manbaini olib voqea joyidan yashiringanliklarini ma’lum qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi S.J., Kitob tumanida yashovchi Z.X.va birga yashovchi singlisi Z.X.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.