Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

“Salomatlik yo‘nalishlari”: o‘quvchilar sog‘lom mahsulotlarni qanday tanlashni o‘rgandilar

“Salomatlik yo‘nalishlari”:  o‘quvchilar sog‘lom mahsulotlarni qanday tanlashni   o‘rgandilar


Nestlé kompaniyasi, O‘zbekistonning eng yirik supermarketlar tarmog‘i “Korzinka”, shuningdek,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ekologiya vazirligi, Atrof-muhitni muhofaza qilish va Iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Respublika ta’lim markazi hamkorligida o‘quvchilar uchun Korzinka Boshliq supermarketida ekskursiya tashkil etildi. Ushbu tadbir “Salomatlik yo‘nalishlari” ta’lim dasturining bir qismi bo‘lib, uning asosiy maqsadi – bolalarni mas’uliyatli iste’mol va sog‘lom ovqatlanish tamoyillari bilan tanishtirishdan iborat.

Ekskursiya “Men – mas’uliyatli iste’molchi” deb nomlangan modulning amaliy bosqichi sifatida tashkil etildi. Aynan shu modul doirasida O‘zbekiston maktablarida mas’uliyatli iste’mol madaniyatiga bag‘ishlangan darslar o‘tkazilmoqda. Eng faol ishtirok etgan sinfga mamlakatdagi eng yirik supermarketlar tarmog‘ini tashrif buyurish va foydali mahsulotlarni tanlash ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ekskursiya davomida bolalar do‘konning ichki tuzilishi bilan tanishdilar, foydali yeguliklarni qanday tanlashni hamda mahsulot yorliqlarini o‘qish ko‘nikmalarini o‘rgandilar. Nestlé kompaniyasi
mutaxassislari bolalarga muvozanatli ovqatlanishning ahamiyati va sog‘lom turmush tarzini yuritishda qanday mahsulotlar yordam berishi haqida tushuncha berib o‘tdilar.

Ekskursiya davomida bolalar olgan tajriba foydali odatlarni shakllantirishga hamda mas’uliyatli va sog‘lom jamiyat barpo etish yo‘lida yana bir muhim qadam qo‘yishga xizmat qiladi. Bu jamiyatda o‘ziga
va atrof-muhitga e’tibor oddiy tanlovdan, masalan, savatga nima solishni hal qilishdan boshlanadi.

“Salomatlik yo‘nalishlari” dasturi “Nestlé Sog‘lom bolalar” global tashabbusi doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining umumiy va uslubiy rahbarligida amalga oshirilmoqda. Dastur 7-8 yoshli bolalarga mo‘ljallangan va “Tabiiyfanlar” asosiy o‘quv rejasiga kiritilgan. 2023-24 o‘quv yilida Respublikaning sakkiz viloyatidan 35 ta maktabni qamrab olish rejalashtirilgan. “Salomatlik yo‘nalishlari” 2013-2018-yillarda O‘zbekistondagi Nestlé kompaniyasi ko‘magida maktablarda joriy etilgan to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha maktab dasturining yangilangan versiyasidir.

Kiritildi: 05:56 21.04.2025. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!