Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Saken Polatov Osiyo boks konfederasiyasi vise-prezidenti lavozimiga saylandi

Saken Polatov Osiyo boks konfederasiyasi vise-prezidenti lavozimiga saylandi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo boks konfederasiyasi Ijroiya Qo‘mitasi a’zosi, Osiyoda boksni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash fondi rahbari Saken Polatov Osiyo boks konfederasiyasining vise-prezidenti lavozimiga saylandi. Bu haqida tashkilot matbuot xizmati ham rasman e’lon qildi.

Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov dam olish kunlari o‘tkazilgan Ijroiya Qo‘mitasi a’zolari yig‘ilishidagi ovoz berish jarayonida nomzodlar orasida katta farq bilan g‘alaba qozongan hamda Osiyo boks konfederasiyasi vise-prezidenti lavozimiga saylangan. Bugundan Saken Polatov rasman Osiyo boks konfederasiyasi vise-prezidenti hisoblanadi.

Saken Polatov 2019 yilning aprel oyida Bangkokda o‘tkazilgan ASBC Bosh assambleyasi davomida Ijroiya Qo‘mita a’zoligiga saylangan edi.

2020 yilning dekabr oyidan boshlab Osiyoda boksni rivojlantirish jamg‘armasi rahbari etib tayinlangan. Ushbu fond Osiyoda boksni rivojlantirish, kelajakda uzoq muddatli muvaffaqiyatlarga erishish maqsadida ASBC prezidenti Anas Alotaiba tomonidan ta’sis etilgan. Ushbu fond aprel oyida Toshkentda o‘tkazilgan boks oqshomidan so‘ng "Hilton" mehmonxonasida o‘zining dastlabki yig‘ilishini o‘tkazgandi.

Osiyoda boksni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash fondi rahbari Saken Polatovning fikricha, tizimni doimiy monitoring qilish, qayta aloqa va nazorat ishni tashkil etishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston boks federasiyasi Polshaning Kelse shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida fantastik natija qayd etdi va uchta oltin medal qo‘lga kiritdi. Ular qatorida ayollar boksi oltin medali ham bor. Nigina O‘ktamova, Shahzod Muzaffarov va Jahongir Zokirov Kelseda oltin medalga ega chiqdi.

O‘zbekiston kattalar terma jamoasi esa Sankt-Peterburgdagi «Gubernator Kubogi»da to‘rtta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ular hozirda 21 may kuni Dubayda boshlanadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda, deya ushbu bayonotga yakun yasagan ASBC matbuot xizmati.

Kiritildi: 15:21 03.05.2021. O'qildi: 2557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!