Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Saida Rametova o‘zi haqida tarqalgan sovuq xabar yuzasidan xalqqa murojaat qildi

Saida Rametova o‘zi haqida tarqalgan sovuq xabar yuzasidan xalqqa murojaat qildi

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova vafoti bilan bog‘liq yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Sal avval Madaniyat vazirligi ushbu asossiz mish-mishlarni inkor etgan edi.

Ayni paytda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova o‘zi haqija tarqalgan sovuq xabarlar yuzasidan xalqqa murojaat bilan chiqdi.

"Kimdir hazilllashib, chiqaribdi: Saida o‘ldi deb. Yo‘q! "Yomonga o‘lim yo‘q!" Meni yaxshi ko‘rgan va mani duo qilgan insonlar sabab men Allohga shukur tuzaldim. Hali uzoq yillar xalqimga to‘ylarda, teatrlarda chiqib xizmat qilaman. Bu gaplarga ishonmanglar!" - deya murojaat qilgan elning sevimli aktrisasi.

Eslatib o‘tamiz, sal avval Saida Rametova ikki yaqini koronavirusdan vafot etgani hamda o‘zi va turmush o‘rtog‘ining ham og‘ir kasal bo‘lgani haqida gapirib bergan edi.

Kiritildi: 22:10 25.09.2020. O'qildi: 4996 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!