Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Saida Mirziyoyevaning qayerda tahsil olgani va mehnat faoliyati haqidagi ilk ma’lumotlar e’lon qilindi

Saida Mirziyoyevaning qayerda tahsil olgani va mehnat faoliyati haqidagi ilk ma’lumotlar e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi rasmiy veb-sayti ishga tushdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi. Yangi saytda agentlik rahbariyatining mehnat faoliyati haqida ma’lumotlar ham e’lon qilingan, deydi "everyday.uz". E’tiboringizga agentlik direktorining o‘rinbosari Saida Mirziyoyevaning biografiyasini havola etamiz. 

Mirziyoyeva Saida Shavkatovna 1984 yil 4 noyabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.

2001-2006yy. – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil olgan.

2006-2008yy. – Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti.

2008-2010yy. – M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistranti.

2010-2018yy. – ilmiy tadqiqot faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan.

2018 yildan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tadqiqotchisi.

2018 yildan hozirga qadar M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Strategik tadqiqotlar markazi ilmiy xodimi.

2019 yildan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Rus va ingliz tillarini biladi.

Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Shuningdek, agentlik saytida direktor o‘rinbosari haftaning har chorshanba kuni soat 15:00 – 17:00 da fuqarolarni qabul qilishi ham ma’lum qilingan.

Kiritildi: 07:15 09.07.2019. O'qildi: 14021 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!