Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva BMT bosh kotibi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva BMT bosh kotibi bilan uchrashdi


Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.

Muloqotda O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Antoniu Guterrishga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Kiritildi: 07:16 22.09.2026. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!