Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

S&P O‘zbekiston reytingini barqaror prognoz bilan “BB-” darajasida tasdiqladi

A A A
S&P O‘zbekiston reytingini barqaror prognoz bilan “BB-” darajasida tasdiqladi

S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi suveren kredit reytingini barqaror prognoz bilan “BB-” darajasida tasdiqladi. Bu haqida agentlik tomonidan e’lon qilingan hisobotda ma’lum qilingan, deya yozmoqda “Daryo”.

Xalqaro agentlikning prognoziga ko‘ra, 2023 yil oxirigacha O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi 5,6 foiz darajasida bo‘lishi kutilmoqda.

S&P Global Ratings O‘zbekistonning milliy valyutadagi reytingini esa “B” darajasida tasdiqladi.

“Barqaror prognoz O‘zbekistonning nisbatan kuchli fiskal va tashqi fond pozisiyalari va past foiz yuki uning iqtisodiyotiga Rossiya-Ukraina urushining mumkin bo‘lgan salbiy makroiqtisodiy ta’siriga qarshi turishda davom etishi kerak degan umidimizni aks ettiradi. Barqaror prognoz, shuningdek, davlat va tashqi qarz yukining oshishi haqidagi kutilmamizni ham o‘z ichiga oladi”, — deyiladi xabarda.

Agentlik joriy yil uchun O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning real o‘sishini 5,6 foiz, ish haqi va ijtimoiy xarajatlarning oshishi hisobiga byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,5 foizni tashkil etishini prognoz qilmoqda.

S&P, shuningdek, Rossiya mamlakatga pul o‘tkazmalarining eng yirik manbai bo‘lib qolayotganini ham ta’kidladi.

Kiritildi: 11:34 05.12.2023. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!