Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ro‘zadorga makruh bo‘lgan narsalar

Ro‘zadorga makruh bo‘lgan narsalar

Ro‘zador biror narsaning mazasini tatib ko‘rishi yoki chaynashi makruhdir (zarurat yuzasidan yosh bolaga ovqat chaynab berish bundan mustasno). Bu holatlarda biron narsaning tomoqdan ichkariga ketib qolib, ro‘zani buzish xavfi bor. Qolaversa, boshqalar ko‘rib, ro‘za tutmagan ekan deb yomon gumonga borishlari mumkin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, tuhmat maqomlariga yaqinlashmasin , deganlar.

Ro‘zador kishi xotinini o‘pishi ham makruhdir, chunki undan keyin jimo’ va maniy tushishi xavfi bor.

Ro‘za tutgan odamning misvok ishlatishi joiz ekanini jumhur ulamolar ta’kidlashgan.

Ro‘zador uchun makruh bo‘lgan amallar quyidagilardir:

1. Uzrsiz biror narsani tatib ko‘rish va chaynash. Bu ro‘zaning buzilishiga olib kelishi mumkin.

2. Saqich chaynash.

3. Quchoqlashish, o‘pish va ushlash kabi shahvatni qo‘zg‘aydigan ishlar.

4. Qasd bilan tupukni og‘izda to‘plab, uni yutish.

5. Qon oldirish kabi ro‘zadorning zaiflashishiga olib boradigan ishlarni qilish.

Kiritildi: 13:07 20.05.2019. O'qildi: 2435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!