Bugun 23 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Ruslar o‘z tarafida jang qilayotgan amarikalikni o‘ldirib yubordi

Ruslar o‘z tarafida jang qilayotgan amarikalikni o‘ldirib yubordi

Rossiya ishg‘ol ostidagi Ukrainada xizmat qilayotgan o‘zining to‘rt nafar askarini 2014 yildan beri Moskvaparast kuchlar tomonida jang qilayotgan Rossiya nazoratidagi Donetskda yashovchi AQSh fuqarosini qiynoqlarda aybladi.

Ukrainadagi harbiy xizmatchilarni jinoyat sodir etishda ayblash bilan bog‘liq kamdan-kam hollarda Rossiya Tergov qo‘mitasi «Rassell Bentleyning o‘limiga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarni va sodir etilgan jinoyatlar holatlarini aniqlaganini» aytdi.

«Texas» nomi bilan tanilgan 64 yoshli Bentley aprel oyida Ukraina sharqidagi Donetsk shahrida vafot etgani e’lon qilingan edi. Uning rafiqasi o‘shanda uni rus askarlari o‘g‘irlab ketishganini va o‘ldirilganini aytgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, askarlar 8 aprel kuni Donetskda Bentleyni qiynoqqa solib o‘ldirishgan.

Rasmiylar Moskvaning Ukrainadagi keng ko‘lamli harbiy hujumini qo‘llab-quvvatlovchi kremlparast ijtimoiy media kanallarida muntazam ravishda chiqish qilib turgan Bentleyni o‘ldirishga askarlarni nima undaganini aytmadi.

Rossiya matbuoti harbiylar uni amerikalik josus bilan adashtirgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Kiritildi: 18:48 22.09.2024. O'qildi: 1572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!