Rossiya Federasiyasi hududida qo‘poruvchilik faoliyati ruslar uchun qo‘rquvning asosiy manbai bo‘lib qolmoqda: yil o‘rtalariga kelib, u bilan bog‘liq tashvish ikki baravar oshdi. Bu haqda KROS aloqa kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotida aytiladi, deb yozadi “Kommersant” gazetasi.
Aprel-iyun oylarida sabotaj harakatlari ruslar orasida eng katta qo‘rquvni keltirib chiqardi. Ushbu tashvish ketma-ket ikkinchi chorakda KROS reytingining yetakchisi bo‘lib qolmoqda.
Xavotirning umumiy indeksida ikkinchi o‘rinda Vagnerning muvaffaqiyatsiz qo‘zg‘oloni bo‘ldi. Garchi yollanma askarlarning harakati zudlik bilan to‘xtatilgan bo‘lsa-da, inqirozning tinch yo‘l bilan hal etilishi ijtimoiy tarmoqlarda bir qator fitna nazariyalarini keltirib chiqardi, bu esa ushbu tashvishning yanada kuchayishiga yordam berdi, deydi tadqiqot mualliflari.
Uchta asosiy qo‘rquvni tabiiy ofatlar - yong‘in va suv toshqini tugatdi.