Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Rus ayig‘i, Xitoy ajdahosi yoki Turk bo‘risi: Markaziy Osiyo uchun kimlar kurash olib bormoqda

A A A
Rus ayig‘i, Xitoy ajdahosi yoki Turk bo‘risi: Markaziy Osiyo uchun kimlar kurash olib bormoqda

Sobiq SSSR hududi ancha vaqtdan beri raqobatlar maydoniga aylanib qolgan bo‘lib, unda Moskva, ba’zi tashqi kuchlarga qarshi turishga majbur bo‘layotgan bo‘lsa, ammo shu bilan birga boshqalari bilan kelishuv yo‘lini izlamoqda.

Birinchidan, Rossiya hozirgi paytda garchi ittifoqchi demasa ham, balki juda yaqin sheriklar deb hisoblaydiganlar – Xitoy va Turkiya bilan raqobat olib bormoqda.

Xitoy manfaatlari

Xitoyning manfaati, birinchi navbatda Markaziy Osiyoga tegishlidir. Xitoy hukumati mintaqadagi mamlakatlarga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda. Va ular nafaqat uglevodorodlarni, balki mineral resurslar konlarini – birinchi navbatda nodir yerosti metallarini, misni, oltinni ham sotib olishmoqda.

Infratuzilma loyihalarini rivojlantirishga katta mablag‘ sarflanmoqda – xitoyliklar nafaqat Markaziy Osiyo omborxonasi bilan transport aloqalarini kuchaytiribgina qolmay, balki mintaqa bo‘ylab yevropalik sheriklari o‘rtasida savdo yo‘llarini ham qurmoqdalar.

Ayrim rossiyalik ekspertlarning ta’kidlashicha, Xitoy aslida Markaziy Osiyoni Rossiyadan uzoqlashtirmoqda va Moskvani «janubiy ostonasi» dan quvib chiqarmoqda.

Huddi shu kabi fikrlarni g‘arb ekspertlari ham faol ravishda tarqatmoqda. Ularni fikricha, Pekin mintaqada Kreml manfaatlariga qarshi o‘ynayotganini va bu o‘yinda davom etishini isbotlashga urinishmoqda.

«Xitoyning Markaziy Osiyodagi rejalari, Moskvani asabiga tegmoqda», deyiladi Amerikaning nufuzli Foreign Policy nashrining sarlavhasida.

Aslida, Rossiya va Xitoyning Markaziy Osiyodagi manfaatlari, garchi sinxronlashgan darajada deb bo‘lmasada, hech bo‘lmaganda bir-biriga zid kelmaydi, desa bo‘ladi. Tomonlar o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlashning o‘ziga xos oshkor etilmaydigan pakti mavjud.

Moskva Markaziy Osiyoda xavfsizlik bilan shug‘ullanadi va mintaqadagi Xitoy firmalarini haydab chiqarishga harakat qilmaydi. Pekin esa, bunga javoban siyosatga aralashmaydi. Albatta, sof nazariy jihatdan “Vivendi modusi” xalokatga yuz tutishi mumkin, biroq ayni vaziyatda emas. Buni tomonlar istamaganlari uchun emas, balki bunday halokat ular uchun o‘ta foydasiz bo‘lganligi uchun.

Rossiya o‘zining barcha imkoniyatlari bilan ham, Xitoy sarmoyaviy loyihalari bilan raqobatlasha olmaydi. Bundan tashqari, Xitoy biznesini (o‘sha Qirg‘iziston orqali olib o‘tiladigan noqonuniysi emas, – balki qonuniysi)ni siqib chiqarishga urinish nafaqat Xitoy bilan munosabatlarda, balki butun Markaziy Osiyoda jiddiy keskinlikni keltirib chiqardi. Axir, xorijiy investisiyalar iqtisodiy rivojlanishga yordam berishadiku va demak, uning barqarorligini mustahkamlaydi. Mintaqani bunday barqaror makonga aylanishidan esa Rossiya Federasiyasi juda ham manfaatdor.

O‘z navbatida, Pekin pul va aloqalariga tayanib, Rossiyani mintaqadan siqib chiqarishni boshlashi mumkin. Masalan, mamlakatlarga o‘zining siyosiy va harbiy kafolatlarini taklif etib. Mumkin edi, lekin boshqa ko‘plab sabablarga ko‘ra, bunday qilmaydi.

Birinchidan, Xitoyning asosiy maqsadi mintaqada hukmronlik qilish emas, balki uning barqarorligini ta’minlash (Xitoy ekspansiyasi (kengayishi) janubi-sharqqa yo‘naltirilgan va u bir necha jabhada jang qila olmaydi) va tranzit hududdir.

Hozirda vaziyatni chayqatishga urinayotgan, Pekin va Vashington o‘rtasidagi ziddiyat shundoq ham ravshan. Xitoyga geosiyosiy kurash nimaga kerak va yana buni ustiga ushbu mintaqada xavfsizlikni mustahkamligi va barqrorligini ta’minlash borasida Pekinning xohish-istaklari bilan sherik bo‘layotgan mamlakat bilan-a? Markaziy Osiyo mamlakatlarini siyosiy-harbiy mudofaasiday og‘ir ishini o‘z ixtiyori bilan zimmasiga olgan mamlakat bilan-a? Xitoyga nisbatan ma’lum bir ishonchsizlik bilan qaraydigan Markaziy Osiyo xalqlari bilan qanday qilib umumiy til topish mumkinligini biladigan mamlakat bilan-a? Oxir oqibat, Xitoy bilan yaxshi aloqalarda bo‘lgan va AQShning global yetakchiligiga qarshi chiqishi uchun muhim va zarur bo‘lgan mamlakat bilan. Albatta, savollar ritorik ekanligi tushunarlidir.

Neo-Usmonizm, yevroosiyoizmga qarshi

Turkiyaga keladigan bo‘lsak, birinchi qarashda sxema o‘xshashdir. Erdo‘g‘anning G‘arb bilan ziddiyati tabiatan mavjuddir – masala, Turkiya rahbariyatining ba’zi qadamlarida emas, balki Turkiya manfaatlarining G‘arb bilan kelishmovchiligida va Anqaraning bu manfaatlardan voz kechmasligida. Aslida, Turkiyaga qo‘shni bo‘lgan barcha yirik davlatlar orasida Erdo‘g‘an faqat Rossiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, bunga putur yetkazish o‘ziga qimmatga tushadi.

Ammo, ikkinchi qarashda, vaziyat ancha noaniq ko‘rinadi. Xitoydan farqli o‘laroq, Turkiya postsovet hududida aniq siyosiy ambisiyalarga ega – bu,mintaqaviy yetakchi bo‘lish istagidir. Vaziyat vositasi emas, balki tashqi siyosat va turk elitasining dunyoqarashining tarkibiy qismi bo‘lgan neo-Usmonizm konsepsiyasi, aslida Turkiyaning, shu jumladan Markaziy Osiyo va Kavkaz ustidan syuzerenitetini anglatadi. Va bu esa, Rossiya manfaatlariga va Yevrosiyo integrasiyasi konsepsiyasiga (bu mamlakatlarning birlashishi va ularning Moskva bilan integrasiyasini o‘z ichiga olgan) keskin chaqiriqdir.

Ha, hozirda Turkiyada faol ekspansionistik siyosat olib borish imkoniyati yo‘q. Na Markaziy Osiyoda, na Kavkazda. Ammo qisqa muddat ichida vaziyat o‘zgarib ketishi mumkin.

Anqaraning Markaziy Osiyodagi mavqei nisbatan zaif. Bu mahalliy rahbarlarning bir tarafdan neo-Usmonizmning istiqbollaridan xavfsirashi bilan bog‘liq bo‘lsa va Fathulloh Gulenga qarshi Erdo‘g‘an tomonidan boshlangan urushdan keyin, musulmon yoshlarini tarbiyalash va o‘qitish uchun bir qator imkoniyatlarning yo‘qotilishi bilan bog‘liq.

«Hozirda Turkiya uzoq yillar davomida ushbu mamlakatni davlat siyosatining asosini tashkil etgan Gulen liseyi tizimi va uning madaniy markazlari tugatilganidan keyin, xalqaro aloqalarini tiklashga harakat qilmoqda», – deya tushuntiradi Yevrosiyo tahlil klubining rahbari Nikita Mendkovich.

Shuni ham unutmaslik kerakki, Erdo‘g‘anning barcha avtoritar tendensiyalari bilan ham Turkiya Yaqin va O‘rta Sharqdagi iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, demokratiya va siyosiy islom elementlarini birlashtirgan yagona mamlakat bo‘lib qolmoqda. Mamlakat o‘z misolida islom olamidagi avtoritarizm yoki hatto ma’rifatli avtoritarizmning standartlaridan ko‘ra ancha hayotiy siyosiy loyihani namoyish etmoqda. Taxmin qilish mumkinki, turk modeli qanchalik uzoq davomli bo‘lsa, Markaziy Osiyo yoshlari uchun u yanada jozibador bo‘ladi.

Janubiy Kavkazga kelsak, Anqara nafaqat Ozarbayjonda, balki Gruziyada ham juda yoqimli ishtiyoqlarga ega. Turkiyaning ushbu mamlakatda faol va hatto agressiv iqtisodiy siyosatini, demografik ekspansiya bilan birlashib ketishi (Adjara shahridagi turklar soniga e’tibor qaratishning o‘zi yetarli bo‘ladi) yonidagi gruzinlar tomonidan mamlakati suvereniteti uchun tahdid sifatida qabul qilinmoqda.

Shuningdek, Rossiyaning Kavkazdagi asosiy ittifoqchisi, KXSHT va YEOII a’zosi – Armaniston bilan Gruziya orqali bog‘lanishini hisobga olinsa, Moskva manfaatlaridan ham kelib chiqadi.

Sobiq Sovet Ittifoqidagi mojarolarga qo‘shimcha ravishda, Turkiyaning Qrimdagi manfaatlarini ham inkor etmaslik mumkin emas (bu yerda Turkiya rahbariyati o‘zini Qrim tatarlari huquqlarining himoyachisi deb biladi). Moskvaning neo-Usmonizmdan himoya qilishdan manfaatdor bo‘lgan boshqa ba’zi mamlakatlar ushbu fikrlarni hisobga olishlarini istardik.

Muallif: Gevorg Mirzayan

Manba: tarjumon.uz

Kiritildi: 08:00 31.12.2019. O'qildi: 10487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!