Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rus askarlari ham Rossiya prezidentining imperialistik jinniligi qurboni — Shols

Rus askarlari ham Rossiya prezidentining imperialistik jinniligi qurboni — Shols

Sholsning aytishicha, u hali ham Putin bilan Ukraina masalasida gaplashishga tayyor.

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina bo‘yicha haligacha gaplashishga tayyorligini ta’kidladi.

U Germaniya Bundestagiga, parlament quyi palatasiga Vladimir Zelenskiy Putin ishtirokida navbatdagi tinchlik konferensiyasi o‘tkazilishi tarafdori ekanini aytdi.

«Shuning uchun, agar bizdan so‘ralsa, Rossiya prezidenti bilan gaplashishimiz ham to‘g‘ri», dedi Shols.

«Ukrainani aniq qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda, urush cheksiz davom etmaydigan vaziyatga qanday erishish mumkinligini o‘rganish uchun qo‘limizdan kelganini qilish vaqti keldi», deya qo‘shimcha qildi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rus askarlari ham «Rossiya prezidentining imperialistik jinniligi qurboni».

«Ular ham o‘z mamlakatini kengaytirishga qaratilgan siyosatining qurboni bo‘lishdi. Yevropada bunday narsa takrorlanmasligi kerak», - deydi Shols.

Kiritildi: 18:12 17.10.2024. O'qildi: 1233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!