Ruminiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Davlat rahbari lavozimi uchun o‘ng qanotdagi “Ruminlarni birlashtirish alyansi” yetakchisi Jorje Simion va markazchi, Buxarest meri Nikushor Dan kurashmoqda.
Bu Ruminiyada prezidentni saylash bo‘yicha ikkinchi urinish bo‘lib, mamlakat Konstitusiyaviy sudi avvalgi saylovlar natijalarini bekor qilgan edi. O‘sha saylovning birinchi turida o‘ta o‘ng siyosatchi Kelin Jorjesku yetakchilik qilgan, biroq u Moskva bilan aloqalarda gumon qilinib saylovdan chetlatilgan.