Moskva birjasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, bugun soat 10:20 da dollar kursi 2,66 rublga qimmatlashgan va bir dollar 63,91 rublga baholangan. Yevro ham 2,21 rublga qimmatlashib, bir yevroga 65,81 rubl berilgan. Amerika dollari 3 iyunda 64,95 rublga chiqib ketgan edi, yevro esa o‘zining maksimum narxini 30 mayda o‘rnatib, 66,65 rublga chiqqan edi.
Umuman, so‘nggi oylarda rubl dollarga nisbatan pozisiyasini ancha jiddiy mustahkamlab olgandi. Masalan, 29 iyunda bir dollar 50,01 rublgacha tushib ketdi.