Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaning Ukrainaga raketa hujumi tufayli Polsha havo kuchlarini shay holatga keltirdi

Rossiyaning Ukrainaga raketa hujumi tufayli Polsha havo kuchlarini shay holatga keltirdi

Polsha G‘arbiy Ukrainadagi Rossiya raketalari tahdidi tufayli havo kuchlarini ko‘tardi.

Bu haqda Polsha armiyasining operativ qo‘mondonligi xabar berdi.

"Ertalab Rossiya Federasiyasining uzoq masofali aviasiyasi tomonidan, shu jumladan Ukraina g‘arbiy hududida joylashgan nishonlarga zarba berish bilan bog‘liq qizg‘in faollik kuzatildi" - deyiladi xabarda.

"Polsha havo hududi xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur tartib-qoidalar ishga tushirildi va tezkor qo‘mondonlik vaziyatni doimiy ravishda kuzatib boradi", - deya qo‘shimcha qildi Polsha armiyasining tezkor qo‘mondonligi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya armiyasi 26 avgust kuni ertalab Ukraina hududiga yirik raketa va dronlardan hujum uyushtirgan edi. Raketa zarbalari natijasida portlashlar Xarkov, Krivoy Rog, Kropivniskiy, Dnepr, Xmelniskiy va Vinnisa viloyatlarida qayd etilgan.

Ukrainaliklarni xavfsiz joylarda qolishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 12:11 26.08.2024. O'qildi: 1613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!