Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaning Pasxa munosabati bilan sulh e’lon qilishi Ukraina uchun muammolarni keltirib chiqarishi mumkin

Rossiyaning Pasxa munosabati bilan sulh e’lon qilishi Ukraina uchun muammolarni keltirib chiqarishi mumkin

Rossiyaning Pasxa munosabati bilan sulh e’lon qilishi Ukraina uchun muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda CNN xabar berdi.

Telekanal bu holatni Rossiyaning jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyor ekanligi haqida Trampga berilgan ishora deb atadi.

"Bu, ehtimol, AQSh prezidentida Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi qarashlarning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, Vashington “Pasxa sulhi”ni Moskvaning “tinchlikka xayrixohlik ishorasi” sifatida ko‘rishi hamda agar Ukraina sulhning buzilishida ayblansa, Kiyev uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin", deyiladi CNN xabarida.

Qayd etilishicha, bu holat ikkala tomon ham qisqa muddatga zo‘ravonlikni to‘xtatishi mumkinligini ko‘rsatuvchi noyob ishora bo‘lshi mumkin.

"Ammo katta ehtimollik bilan, har ikki tomon sulhning buzilishi va noaniqliklardan foydalanib, raqibiga ishonib bo‘lmasligini namoyish etishga harakat qiladi", deya xulosa qiladi CNN.

Kiritildi: 17:02 20.04.2025. O'qildi: 1115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!