Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaning “eng maxfiy” admirali vafot etdi

Rossiyaning “eng maxfiy” admirali vafot etdi

Rossiya Mudofaa vazirligi chuqur dengiz tadqiqotlari bosh boshqarmasi boshlig‘i, Rossiya Qahramoni hamda vise-admiral Aleksey Burilichev vafot etdi.

Bu haqda RIA Novosti harbiy tibbiy doiralardagi manbasiga asoslanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Burilichev 25 noyabrda Moskvada 62 yoshida vafot etgan. Koronavirus yuqtirib olgani taxmin qilingan admiral harbiy kasalxonada davolanayotgan bo‘lgan.

O‘lim sababi hozircha ma’lum qilinmagan.

Aleksey Burilichev 1958 yil 13 avgustda Leningradda dunyoga kelgan. 1980 yilda Frunze nomidagi Oliy dengiz maktabini tugatgan va keyinchalik Shimoliy flotning atom suvosti kemalarida xizmat qilgan.

1992 yildan 1996 yilgacha Atlantika mintaqalarida K-461 "Bo‘ri" nomli atom suvosti kemasiga qo‘mondonlik qilgan. Faoliyati davomida eng so‘nggi ballistik raketalar bilan qurollangan Amerika suvosti kemasini topgan. Uzoq vaqt davomida Burilichev qo‘mondonligidagi "Bo‘ri" o‘sha kemani yashirincha kuzatib borgan. Shu ishi ushun Burilichev Rossiya Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

2005 yil oktyabrdan to umrining oxirigacha Mudofaa vazirligining maxfiy bo‘linmalaridan biri bo‘lgan chuqur dengiz tadqiqotlari bosh bo‘limini boshqargan.

Kiritildi: 21:12 26.11.2020. O'qildi: 5200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!