Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyaning Avstriyadagi elchisi ham Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Rossiyaning Avstriyadagi elchisi ham Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Germaniya va Polsha ortidan Avstriya ham Rossiya elchisini mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirdi, deya xabar beradi «Lenta.ru».

Avstriya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Zaporojye va Xerson viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlar tufayli chaqirtirgan.

Agentlik Rossiya elchisini «aniq signal yuborish» uchun chaqirib, belgilangan hududlarda referendum o‘tkazishni «xalqaro huquqning qabul qilib bo‘lmaydigan buzilishi» deb atadi. Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Yevropa Ittifoqidagi hamkorlar bilan o‘z harakatlarini muvofiqlashtirganini ma’lum qildi.

Bungacha Rossiyaning Finlyandiya, Polsha, Latviya, Shvesiya, Daniya, Italiya, Germaniya va Buyuk Britaniyadagi elchilari ham tashqi ishlar vazirliklariga chaqirilgan edi.

Kiritildi: 23:03 03.10.2022. O'qildi: 3154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!