Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyaga ucholmay, chiptani qaytarib bergan va pulini ololmayotgan erkakning muammosi hal bo‘ldi

Rossiyaga ucholmay, chiptani qaytarib bergan va pulini ololmayotgan erkakning muammosi hal bo‘ldi

Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, Jogari MFYda yashovchi fuqaro T. Z. 2022 yil 4 martda Vobkent tumanida joylashgan “Lochin ekspress plyus” MCHJga qarashli aviakassadan 2 930 000 so‘mga aviachipta xarid qiladi.

Ammo ayrim sabablarga ko‘ra fuqaro T.Z. Rossiya Federasiyasiga ucholmaydi. Chiptani hali muddati borligi sababli aviakassaga qaytarib topshiradi. 2022 yil 6 iyulgacha chipta pulini qaytarib ololmagach esa Bosh prokuratura ishonch telefoniga murojaat qiladi.

Bosh prokuraturadan kelib tushgan murojaatni O‘zbekiston istemolchilar huquqlarini himoya kilish Federasiyasi Buxoro viloyat Vobkent tuman istemolchilar huquqini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, 2 930 000 so‘m chipta puli olib berildi.

Istemolchi jamiyat xodimlariga minnatdorlik bildirdi.

Kiritildi: 11:31 21.07.2022. O'qildi: 2259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!