Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyaga sanksiya kiritgan va aloqalarni uzgan davlatlar dunyo xaritasida (FOTO)

Rossiyaga sanksiya kiritgan va aloqalarni uzgan davlatlar dunyo xaritasida (FOTO)

Rossiya 21 fevralda DXR va LPRni tan oldi. 24 fevral kuni erta tongda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada “maxsus harbiy operasiya” boshlanganini ma’lum qildi. Ushbu voqealar tufayli Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Moskva bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qildi. Shu kuni Mikroneziya diplomatik munosabatlarning uzilishini e’lon qildi.

Moskvaga qarshi sanksiyalarga AQSH, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlar, jumladan Tayvan ham qo‘shildi. Chernogoriya 1 martda, Singapur esa 5 martda sanksiyalar joriy etilishini ye’lon qildi. 13 mart kuni Bagama orollari cheklovlarni e’lon qildi, 18 martda Norvegiya Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga qo‘shildi.

Vladimir Putin birinchi marta Yevropa sanksiyalari ostiga tushdi, unga qarshi Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya tomonidan cheklovlar kiritildi. Avstraliya, shuningdek, Rossiya prezidenti va boshqa yuqori martabali amaldorlarga qarshi sanksiyalar e’lon qildi.

RBK sanksiyalar va Rossiya bilan diplomatik aloqalar uzilishini e’lon qilgan mamlakatlar xaritasini taqdim etdi.

Rossiyaga sanksiya kiritgan va aloqalarni uzgan davlatlar dunyo xaritasida (FOTO)

Kiritildi: 23:59 21.03.2022. O'qildi: 23229 marta. Fikrlar soni: 12 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!