Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyadan keyin Turkiya ham Discord'ni blokladi

Rossiyadan keyin Turkiya ham Discord'ni blokladi

Bu haqda Turkiya Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari boshqarmasi o‘z saytida ma’lum qildi. Turkiya Adliya vaziri Yilmaz Tunchning yozishicha, platformada “jinoyat mazmunidagi kontent” joylashtirilgan. Turkiyaning Duvar nashrining aniqlik kiritishicha, mamlakatda messenjerning bolalar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlik, bezorilik holatlariga aloqadorligi tergov qilinmoqda.

Bir kun oldin Rossiyada Discord bloklandi. Roskomnadzor ushbu platforma messenjerdan “terroristik va ekstremistik maqsadlarda, giyohvand moddalarni sotish va noqonuniy ma’lumotlarni joylashtirish bilan bog‘liq holda” foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi Rossiya qonunlarini buzganini ma’lum qildi.

RF Davlat Dumasi vise-spikeri Vladislav Davankov esa departamentni qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda ushbu messenjerdan 25-40 million kishi foydalanadi, Discord talabalar va o‘qituvchilar uchun foydali, rus xizmatlari esa uning o‘rnini bosa olmaydi. "Bunday sur’atda tez orada mamlakatda VPN'siz foydalanish mumkin bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar va xizmatlar qolmaydi", deb yozdi u o‘zining Telegram kanalida.

Kiritildi: 12:46 09.10.2024. O'qildi: 1225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!