Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolod tumanidagi tashlandiq binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda O‘zbekiston fuqarosi 90 foiz kuyish bilan reanimasiyaga yotqizildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 15 dekabr kuni soat 22:55 larda Chekalov ko‘chasida yong‘in yuz bergan. Umumiy maydoni 50 kvadrat metr bo‘lgan tashlandiq uy yongan. Soat 00:54 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Voqea joyiga Leningrad viloyatining yong‘in-qutqaruv qismlarining navbatchi bo‘linmalari yetib kelgan. Tez tibbiy yordam brigadasi 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosini yonib ketgan uydan topib, Vsevolod shifoxonaga olib ketgan.
Shifokorlar jabrlanuvchining tanasining bir necha qismlarida uchinchi darajali termik kuyishni aniqlagan. Umuman olganda, o‘zbekistonlikning tanasi 90 foizga kuygan. Erkak og‘ir ahvolda reanimasiya va intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan.