Bugun 5 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiyadagi «vatanparvarlik aksiyalari» 91 mlrd rublga tushdi

Rossiyadagi «vatanparvarlik aksiyalari» 91 mlrd rublga tushdi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan beri Rossiya Federasiyasida turli vatanparvarlik tadbirlari va shoulariga kamida 91 milliard rubl sarflangan. Bu «Novaya gazeta»ning 4 noyabr, dushanba kuni chop etilgan hisob-kitoblaridan kelib chiqadi.

Jurnalistlarning ma’lum qilishicha, so‘nggi ikki yil ichida Rossiyada bolalar va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tashkilotlari talabalarni ovqatlantirish, uy-ro‘zg‘or ehtiyojlari, bayroqlar va boshqa jihozlarni sotib olish uchun kamida 700 million rubl sarflagan. Ularga ko‘ra, xaridlarning salmoqli qismi «Yunarmiya» ijtimoiy harakati bilan bog‘liq.

Kiritildi: Bugun 11:55. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!