Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiyadagi qamoqxonada Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Rossiyadagi qamoqxonada Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Jazoni ijro etish federal xizmati Mordoviya Respublikasi bo‘yicha departamentiga qarashli 12-sonli axloq tuzatish koloniyasi mahkumlari o‘rtasida Qur’oni karim qorilari musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Islam News.

Musobaqa Mordoviya Respublikasi musulmonlari markaziy diniy boshqarmasi va mintaqaviy Jazoni ijro etish federal xizmati tomonidan tashkil etildi.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad – “Mahkumlarni ma’naviy bilim olish va qonunga bo‘ysunuvchi hayotga qaytarish, Muqaddas Bitikning umumbashariy amrlarini tushunish orqali shaxs va davlatga hurmatli munosabatni shakllantirish, ularni islohotga undash; an’anaviy din vakillari va turli millat vakillari o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini shakllantirish, ozodlikdan mahrum qilish joylariga radikal va ekstremistik g‘oyalar kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik; integrasiya va o‘zaro tushunish maqsadida Rossiya va MDH mamlakatlarida yashovchi xalqlarning eng yaxshi yutuq va an’analarini targ‘ib qilishdan iborat”, — dedi Mordoviya musulmonlari markaziy diniy boshqarmasi raisi Shamil Sobitov.

Kiritildi: 11:36 12.04.2024. O'qildi: 860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!