Hodisa Ulyanovsk viloyati Bryandino stansiyasi yaqinida yuz bergan. 302-sonli poyezd Chelyabinsk-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yetti kishi jabrlangan, deb bu haqda davlat agentliklari mintaqaviy Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ulyanovsk tibbiy falokatlar markazi xabar bermoqda.
Chelyabinsk viloyati gubernatori Aleksey Tekslerning aniqlik kiritishicha, ikki yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olgan, yana 20 kishi ham yengil jarohatlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, poyezdda 157 kishi, jumladan 65 nafar bola bo‘lgan. Gubernator ag‘darilib ketgan oltita vagonning barchasidan odamlar evakuasiya qilinganini o‘z bayonotida qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Rossiya temir yo‘llari kompaniyasi bosh direktori Oleg Belozerov boshchiligidagi favqulodda vaziyatlar shtabi tuzilgan.