Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi Migrasiya masalalari bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil yakunlari bo‘yicha chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 3,8 foizga qisqardi, deb xabar bermoqda TASS.
Chet el fuqarolari sodir etgan jinoyatlarning umumiy soni 0,9 foizga, ular orasidagi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar soni 2,2 foizga pasaygan.
Chet el fuqarolari orasida ayniqsa talonchilik bosqinlari (27 foizga), talonchilik(25,8 foizga), narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatlar ( 12,3 foizga; – qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish holatlari(12,5 foizga), qotilliklar va qotillikka urinish holatlari(6,7 foizga) sezilarli daraja kamaygan.
Shuningdek, chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan o‘g‘riliklar soni 9,2 foizga qisqargan.
Ma’lumot uchun, 2025 yil 1 yanvardan Rossiyaga vizasiz kelgan chet el fuqarolarining mamlakatda qolish muddati bir yilda 90 kundan oshmasligi kerak.