Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada qo‘lga olingan qidiruvdagi shaxsga jazo tayinlandi

Rossiyada qo‘lga olingan qidiruvdagi shaxsga jazo tayinlandi

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar va fuqarolar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitdan unumli foydalanmayotgan shaxslar va qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirish, birovni haqqi evaziga kun ko‘ruvchilar ham uchrab turadi.

2019 yil 13 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tuman sudi binosida, ochiq sud majlisida, raislik qiluvchi A.Aminov o‘g‘rilik faoliyati bilan shug‘ullanganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxsga nisbatan sud hukmini e’lon qildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi xabar berdi.

1983 yil Namangan shahrida tug‘ilgan Maruf ismli shaxs 2016-2017 yillarda o‘g‘rilik faoliyati bilan shug‘ullanganligi sababli unga nisbatan sud tomonidan qidiruv e’lon qilingan edi. Biroq, xalqimizda qilmish-qidirmish yoki jinoyat jazosiz qolmaydi degan naql bor, shunday bo‘ldi ham. Marufning qidiruvdagi faoliyati uzoqqa cho‘zilmadi.

Maruf o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, o‘zining jinoiy sheriklari Muxammadjon va Toxir bilan oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, 2016 yil 13 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kelib, Chimboy tuman Dexqon bozori yaqinida bekatda turgan Neksiya rusumli avtomashinaning eshigini qaychi bilan g‘ayriqonuniy ravishda ochib, avtomashina orqa yukxonasida turgan 8.800.000 so‘m pullarni o‘g‘irlagan.

Bundan tashqari, Maruf jinoiy faoliyatini davom ettirib jinoiy sheriklari bilan birgalikda 2016 yil 29 noyabr kuni Xorazm viloyatining Hazorasp tumaniga kelib, Sanoat qishlog‘ida joylashgan guruch bozorining avtoturargohida turgan Neksiya va Lasetti rusumli avtomashinalarning orqa yukxonasini g‘ayriqonuniy ravishda ochib, avtomashina yukxonasida turgan 11.202.000 so‘m pullarni o‘g‘irlagan.

Shuningdek, Maruf jinoiy faoliyatini davom ettirib, jinoiy sheriklari bilan birgalikda 2017 yil 9 yanvar kuni yana Nukus shahriga borib, shaharning Ko‘xna qal’a hududida joylashgan avtomashinalar vaqtinchalik to‘xtash joyida turgan Spark rusumli avtomashina eshigini qaychi bilan g‘ayriqonuniy ravishda ochib, avtomashina salonida turgan 20.000.000 so‘m pullarni o‘g‘irlagan.

Mazkur jinoiy harakatlar uchun Muxammadjon va Toxirlarga nisbatan 2017 yilda sud hukmi e’lon qilinib, ularga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan. Ushbu vaqtda Maruf jazodan qutilish maqsadida huquqni muhofaza etuvchi organlardan yashiringan. Biroq, Buzoqning yugurgani somonxonagacha , 2018 yil 11 noyabrda Maruf Rossiya Federasiyasining Orenburg shahrida ushlangan.

Sudning hukmi bilan Marufga O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi a bandi (o‘g‘rilik) bilan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.

Sud majlisida Maruf aybini tushunib yetgani, o‘ylamay qilgan jinoyati qanday og‘ir oqibatlarga olib kelgani haqida pushaymon bo‘lib aytgan so‘zlari hech kimni befarq qoldirmadi.

Kiritildi: 11:56 19.02.2019. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!